Tunda velosipedlarni o'g'irlagan, o'g'ri qo'lga olindi
Termiz shahrida 5 may kunidan 6 may kuniga o'tar kechasi soat 01.30 lar chamasida, shaharning "Pattakesar" mahallasi Gulshan ko'chasidagi xonadon eshigi yonida turgan, M.Solihga tegishli bo'lgan 1.000.000 (bir million) so'mlik "Bogatir" rusumli velosipedi o'g'irlanadi. Shu tunning o'zida soat 03.30 lar chamasida, shaharning "Bo'ston" mahallasi Ibn Sino ko'chasi xonadon yonida turgan, E.Ilyosga tegishli bo'lgan 800.000 (sakkiz yuz ming) so'mlik "Aist" rusumli velosipedlari o'g'irlab ketiladi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu o'g'irlik jinoyatini A.Parda sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 8 may kuni A.Pardaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati