7 Avgust 2021 yil 645

Tunda ikki xonadonga kirib, telefon o'g'irlagan shaxs ma'lum bo'ldi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 24 iyul kuni, tumanning "yangi usul" mahallasida yashovchi, S.Otabek va q.Azamatlar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 23 iyul kunidan 24 iyul kuniga o'tar kechasi, S.Otabekning yashash uyidan 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'mlik "Samsung A-21" rusumli telefon appartini va q.Azamatning yashash xonadonidan 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so'mlik "Redmi-7" rusumli telefon appartlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini mahalladoshi, q.A'zam sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 26 iyul kuni q.A'zamga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech