26 Iyul 2022 yil 433

Tuxumfurush firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sho‘rchi tumanida 2022 yil 7 iyul kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, Denov tumani “Sanoatchilik” mahallasida yashovchi, L.Sitora  (ism shariflar o‘zgartirilgan) o‘zining arizasida, 2022 yil 27 mart va 2 aprel kunlari Sho‘rchi tumanida yashovchi, X.Bobomurod 193.000.000 (bir yuz to‘qson uch ming) so‘mlik tuxum mahsulotlarini olib, pullarini keyinchalik berishini va’da qilib, shundan 85.000.000 (sakson besh million) so‘mini berib qolgan 108.000.000 (bir yuz sakkiz milloin) so‘m pullarini bermasdan o‘zlashtirib ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, X.Bobomurod, Qumqo‘rg‘on tumani “Oqsoy” mahallasida yashovchi, tadbirkor T.Tulaga 2021 yil noyabr oyida, tuxum mahsulotlarini berishini va’da qilib, undan 105.000.000 (bir yuz besh million) so‘m pullarini olib, o‘zlashtirib ketganligi aniqlangan. 7 iyul kuni X.Bobomurodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi  3-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech