28 Fevral 2025 yil 944

Tojikiston Respublikasining turizm yetakchilari va blogerlari Surxondaryoga tashrif buyurishdi

Prezidentimizning 2024-yil 16-dekabrdagi "Surxondaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm ob’ektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-439-sonli qarori ijrosini ta’minlash, vohamizning turizm salohiyatini xalqaro miqyosida targ‘ib qilish maqsadida Tojikiston Respublikasining yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari, turizm blogerlari hamda ommaviy axborot vositalaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif dasturi doirasida qator hamkorlik memorandumlari imzolanib, turizm ob’ektlariga sayohatlar uyushtirildi. O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida, Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati yo‘nalishi bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech