21 May 2022 yil
362
Toshkentlik qidiruvdagi shaxs Denov tumanida qo‘lga olindi
Denov tumanida 2022 yil fevral oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” va 28,211-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi, J.Kamron (ism sharif o‘zgartirilgan) 6 may kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan, Denov tumanida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati