9 Avgust 2022 yil 372

Toshkentga yetkazilishi kerak bo‘lgan bir yuz ellik ming so‘mlik “pochta” giyohvandlik moddasi ekan

Termiz shahrida 2022 yil 29 iyul kuni soat 00:10 larda, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi va Termiz shahar IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan shaharning “Tinchlik” mahallasi hududida hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shahrida yashovchi, D.Sadr (ism shariflr o‘zgartirilgan) tanishi Muzrabot tumanida yashovchi, R.Rustamga Toshkent shahrida yashovchi, Dilshodga 150.000 (bir yuz ellik ming) so‘m pul evaziga pochta tariqasida yetkazishi uchun berganligi aniqlanib, R.Rustam boshqaruvidagi Largus rusumli, avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, sof vazni 9,99 gr “marixuana” va 7,24 gr “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 29 iyul kuni D.Sadrga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech