Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Azaldan erkaklar himoyasida bo‘lgan sharq ayollarining qadr qimmati hamisha e’zozda bo‘lgan. Biroq so‘nggi paytlarda xotin-qizlarni kuchli jins vakillari tomonidan qadrsizlantirish holatlari kuzatilmoqda.
Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida xotin - qizlar maslahat kengashi raisi hamda Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan S.E.Allanazarova hamkorligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘tkazilgan davra suhbatda filial mas’ullari hamda talaba - qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda so‘z olganlar, xotin- qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, gender tenglik, ayollar va erkaklar o‘rtasida teng huquq va imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritishdi.