17 Mart 2021 yil 627

Topshiriqlar ijrosi o'rganildi

Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlaridan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan joriy yilning 8-12 mart kunlari ichki ishlar vazirligi Hay'atining kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan yig'ilishda davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarning Surxondaryo viloyatida ijro etilish ahvoli o'rganildi.
O'rganishlar yakuni bo'yicha ichki ishlar vazirining o'rinbosari, general-mayor A.I.Ikromov raisligida 15 mart kuni viloyat IIBda yig'ilish o'tkazdi. Unda barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar va tuman IIB boshliqlari hamda barcha profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda o'z xizmat vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan ayrim rahbar va xodimlarning hisobotlari tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, xizmat vazifasiga sidqidildan yondashgan ayrim ichki ishlar xodimlariga ichki ishlar vaziri o'rinbosarining tashakkurnomasi hamda viloyat IIB boshlig'ining pul va qimmatbaho sovg'alari topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech