Tomorqadagi ko'kat orasidagi "giyoh"...
Denov tumanida 2021 yilning 19 may kuni soat 19.00 larda, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi tog'li va chegara hudud tezkor bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "totuvlik" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, G'.Safaralining yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, tomorqasidagi ko'katlar orasiga, 2 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan hamda yashash uyi ichidagi gilam ostidan sof vazni 1,84 gramm "marixuana" giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 29 may kuni G'.Safaraliga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati