20 Fevral 2025 yil 399

Tomorqa — daromad manbai

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025 yil 29-yanvar kunidagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoni hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-330-sonli Qaroriga muvofiq Muzrabot tumani IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov boshchiligida tumanning “Oriyat”, “Darband”, “Yangier” hamda “Guliston” mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar tajriba almashish, tomorqadan maqsadli foydalanish orqali yuqori daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun Qumqo‘rg‘on tumanining “Uyas” hamda “Yangi avlod” mahallalarida yashab tomorqadan yuqori daromad olayotgan xonadonlarda bo‘lishib, tomorqada ishlash hamda daromadga erishish tajribalarini o‘rganishdi.

Shuningdek, ushbu fuqarolarni doimiy daromad manbai yaratish maqsadida "Sayxunobod" va "Uychi" tajribalari asosida tadbirkorlikka jalb qilish, farzandlarini to‘garaklarga jalb qilish bo‘yicha mahalla yettiligi xodimlariga topshiriqlar berildi.

Text to speech