Toshkent tibbiyot Akademiyasi Termiz filialida xorijlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan uchrashuvda, Termiz shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimi katta serjant Sardor Eshqobilov, shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, profilaktika inspektori katta leytenant Muslim Qamariddinov va Toshkent tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Atxam Yo‘ldoshev hamda bir yuz ellik nafardan ortiq xorijlik talaba yigit-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida xorij davlatlaridan mamlakatimizga kelib
tahsil olayotgan talabalarga mas’ullar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020 yil 28 sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, qaror asosida belgilangan talablar to‘g‘risida
tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv yakunida, chet ellik talabalarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.