27 Noyabr 2023 yil 1285

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur uchrashuv "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida  o‘kazilib, bahs-munozalarlarga boy bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari o‘z fikr mulohazalarini bayon etdi.

Shuningdek talaba yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga masu’llar tomonidan javoblar olishdi.

Ishtirokchilar "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida talabalar tomonidan yaratilgan san’at namunalari bilan yaqindan tanishishdi.

Text to speech