6 Noyabr 2025 yil 114

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Kibermadaniyatni yuksaltirish profilaktik targ‘ibot oyligi doirasida, targ‘ibot tadiri o‘tkazildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish profilaktik targ‘ibot” oyligi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali profilaktika inspektori katta leytenant Muslimbek Qamariddinov, talabalarga mazkur yo‘nalishdagi dolzarb masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berishdi.

Mutaxassislar kiberjinoyatlarning turlari, ularning sodir etilish usullari, internetda uchraydigan firibgarlik sxemalari hamda ulardan himoyalanish choralariga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, shubhali havolalarga kirmaslik, ishonchsiz manbalardan dastur va ilovalarni yuklab olmaslik, parollardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Text to speech