Toshkent davlat tibbiyot Universiteti Termiz filialida “Kiber madaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 aprel kunidagi 153-sonli qaroriga asosan Respublika miqyosida 01 noyabr kunidan 30 noyabr kuniga qadar "Kiber madaniyatni yuksaltirish" oyligi oʻtkazilmoqda
Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida, Termiz shahar IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori
katta leytenant Muslimbek Qamariddinov va filial psixologi G.G‘ozievalar tomonidan
“Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali” Pediatriya fakultetida targ‘ibot
tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari davomida, talabalarning firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmasliklari, o‘z shaxsiy ma’lumotlari va bank plastik kartalarini begona shaxslarga va noma’lum akkountlarga ulashib, ushbu jinoyat turlaridan aziyat chekib aldanib qolmasliklari yuzasidan tegishli tushunuchalar berilib, kiberjinoyat va uning turlari haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.