3 Noyabr 2025 yil 42

Toshkent davlat tibbiyot Universiteti Termiz filialida “Kiber madaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 aprel kunidagi 153-sonli qaroriga asosan Respublika miqyosida 01 noyabr kunidan 30 noyabr kuniga qadar "Kiber madaniyatni yuksaltirish" oyligi o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant Muslimbek Qamariddinov tomonidan “Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali”da targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri davomida, talabalarning kiberfiribgarlar tuzog‘iga tushib qolmasliklari, o‘z shaxsiy ma’lumotlari va bank plastik kartalarini begona shaxslarga va noma’lum akkountlarga ulashib, ushbu jinoyat turlaridan aziyat chekib aldanib qolmasliklari yuzasidan tegishli  tushunchalar berilib, kiberjinoyat va uning turlari haqida kerakli bo‘lgan muhim ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech