29 Aprel 2025 yil 217

“Etno shaharcha” turizm majmuasida bayram konsert tadbiri tashkil etildi.

Hududlarning o‘ziga xos turistik salohiyatini targ‘ib qilish va sayyohlar tashrifini yanada oshirish maqsadida, Termiz shahar “Bolajon bog‘i” yonidadagi “Etno shaharcha” turizm majmuasida “Yulduz bilan sayohat” loyihasi doirasida konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda, taniqli estrada honandalari va so‘z ustalari ishtirok etishib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

Tashkil etilgan konsert dasturini Rossiya va Tojikiston davlatlaridan tashrif buyurgan horijiy va mahalliy sayyohlar ham tomosha qilishib madaniy hordiq chiqarishdi. Sayyohlarning xavfsizligini taminlash borasida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash borshqarmasi xodimlari tomonidan sifatli xizmatlar ko‘rsatildi.

Text to speech