“To‘maris izdoshlari” – jasorat va ma’naviyat musobaqasi
Ichki ishlar organlari tizimida ayollar faolligini oshirish, ularning irodasi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini mustahkamlash, vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish maqsadida “To‘maris izdoshlari” musoboqasi o‘tkazilib kelinmoqda. "Vatan mexri yuragimda" shiori ostida Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqaning viloyat bosqichi ham yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa buyuk ajdodimiz – jasorat timsoli To‘maris
qahramonligiga munosib izdoshlardan bo‘lgan bugungi zamonaviy ayollarimizning iqtidori,
bilimi, jismoniy va jangovar tayyorgarligi va ruhiy bardamligini namoyon etishga
xizmat qildi.
Yakunida belgilangan barcha shartlar bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan xodimalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.