Tillo zanjir "kushandasi"ga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Angor tumanida 2021 yilning 28 mart kuni tumanning "Navbahor" mahallasida yashovchi, Sh.M. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 25 mart kuni noma'lum shaxs hovlisidagi devorga o'rnatilgan ilgakka osib qo'yilgan, 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so'mlik tillo zanjirini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni qo'shni mahallada yashovchi, R.Sh. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Xonadon egalarining befarqligi tufayli tillo zanjirlarni o'g'irlagan R.Sh.ga nisbatan 5 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati