28 Aprel 2021 yil 517

Tilla zanjir o'g'irlagan ayol qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yilning 1 aprel kuni shaharning "Pattakesar" mahallasida yashovchi, I.S. ismli ayol Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 31 mart kuni taxminan soat 17.00 lar chamasida, noma'lum shaxs yashash uyi yotoqxonasidan 1 dona narxi 6.000.000 (olti million) so'mlik 15 grammlik ayollar tilla zanjirini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Termiz tumanida yashovchi, M.A. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech