30 Aprel 2021 yil 516

Tilla taqinchoqqa oshiq o'g'ri qo'lga olindi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 29 mart kuni tumanning "Do'stlik" mahallasida yashovchi, X.Bunyod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 29 mart kuni taxminan soat 12.30 lar chamasida, tumanning "Surxon sohili" mahallasi hududidagi zargarlik do'konidan jami 1.800.000 (bir million sakkiz yuz ming) so'mlik bir juft sirg'a va bir dona tilla uzuklarni noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning "Xo'jaqishloq" mahallasida yashovchi, g.Bekjon sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. O'g'rilik jinoyatini o'ziga kasb qilib oson yo'l bilan boylik orttirishni maqsad qilgan g.Bekjonga nisbatan 8 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech