"Til-millat faxri" mavzusida davra suhbati o‘tkizildi
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida “Ona
tili fan oyligi” doirasida hamda "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining
35 yilligi" munosabati bilan "Til-millat faxri"- deb, nomlangan davra
suhbati bo‘lib o‘di.
Tadbirni IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori, podpolkovnik B.Bo‘riev
ochib berib, tilimizning tarixi, tilimizga bo‘lgan buyuk ehtirom tuyg‘usi haqida
o‘quvchi yoshlarga o‘z fikrlarini bildirib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni
tanishtirdi.
Tadbir davomida Termiz davlat universiteti dotsenti,
filologiya fanlari doktori N.Yo‘ldoshev hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini
o‘qitish va malaka oshirish markazining Surxondaryo hududiy bo‘linmasi rahbari Sh.Sattorovlar
milliy tilimiz yuzasidan o‘z fikr mulohazalari hamda tilni rivojlantirish borasida
qilinayotgan ishlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ta’kidlab o‘tdilar. Tadbir
barcha yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.