8 Avgust 2022 yil 405

Tibbiyot birlashmasiga ishga joylash uchun pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 21 iyul kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, R.Sanobarning (ism shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan, 27 iyun kuni tumanning “Imomtepa” mahallasida yashovchi, Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli dispanser shifokori N.Nuriddin R.Sanobarni Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga farrosh vazifasiga ishga qabul qilish vakolatiga kirmasada, ishga kiritib qo‘yishni va’da berib, R.Sanobardan 3.300.000 (uch million uch yuz ming) so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 21 iyul kuni N.Nuriddinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech