30 Iyun 2020 yil 653

Tezlik-piyodaning o'limiga sabab bo'ldi

Denov tumanida 2020 yil 26 iyun kuni kasalxona xabariga ko'ra, shu kuni taxminan soat 00.10 lar chamasida, tumanning "Mexnatobod" mahallasi hududidan o'tuvchi 4K-588 avtomobil yo'lining 11 kilometrida, tumanning "Fayzobod" mahallasida yashovchi N.N. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan yo'lni kesib o'tayotgan piyoda, tumanning "Mehnatobod" mahallasida yashovchi F.R. ismli qizni turtib yuborgan. Natijada F.R. ismli qiz "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan. 26 iyun kuni N.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech