27 Iyun 2020 yil
725
Tezlik oqibati
Denov tumanida 2020 yilning 30 may kuni taxminan soat 21.20 lar chamasida, tumanning "Chag'oniyon" mahallasidan o'tuvchi 4R-108 avtomobil yo'lining 10 kilometrida, tumanning "Jomiy" mahallasida yashovchi D.D. ismli ayol boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtoulovini boshqarib kelayotib, qarama-qarshi yo'nalishdan harakatlanib kelayotgan, tumanning "Nomozgoh" mahallasida yashovchi M.K. boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtoulovi bilan to'qnashgan. Natijada VAZ-2106 avtoulovi haydovchisi M.K. "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. 25 iyun kuni D.D. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati