Termizlik ikki yigit Jarqo'rg'onda bir bosh qora mol o'g'irladi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 10 iyul kuni tumanning "Oltintepa" mahallasida yashovchi, u.Soat tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 26 iyun kunidan 27 iyun kuniga o'tar kechasi "Amuzang" irrigasiya tizimiga qarashli erda bog'lanib turgan narxi 7.000.000 (etti million) so'mlik 1 bosh qoramolini no'malum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar orgnalari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlik jinoyatini Termiz shahar "Farhod" mahallasida yashovchilar, T.Odil va T.Yunuslar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil sifatida bir bosh qora mol olingan. 21 iyul kuni T.Odil va T.Yunuslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati