27 Avgust 2021 yil 466

Termizlik bezorilarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2021 yil 25 iyul kuni soat 18.00 larda, shaharning "Kokildorota" mahallasida yashovchilar, A.Jumanazar, A.Abdulatif, A.Rashid va A.Jamshidlar birgalashib, shaharning "Guliston" mahallasida joylashgan ma'suliyati cheklangan jamiyat binosi yonida, shaharning "Guliston" mahallasida yashovchi, T.Jaloliddinni o'zaro janjal sababli tosh, temir trubalar bilan duch kelgan joylariga urib tan jarohati etkazishgan. Natijada, 14 avgust kuni A.Jumanazar, A.Abdulatif, A.Rashid va A.Jamshidlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech