6 Iyun 2022 yil
412
Termizda yashiringan qochoq qo‘lga olindi
Termiz shahar “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi E.F. 2022 yil may oyida, O‘zR JKning 167-m. 2-q ”a” bandi va 228-m. 2-q. “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochishga urinadi. Shu bois, E.F.ga TIIB TB tomonidan qidiruv e’lon qilinadi va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tayinlanadi. Ko‘p o‘tmay, joriy yilning 20 may kuni E.F.ning Termiz shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, TIIB JQB M.Ishqarayev, Sh.Xolmo‘minov va tuman prokuraturasi R.Raxmonovlar tomonidan aniqlanib ushlandi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati