29 Sentyabr 2021 yil 404

Termizda yashash uyidan o'g'irlangan telefon o'g'risi qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil 18 sentyabr kuni, shaharning "Temiryulchi" mahallasida yashovchi, N.Dilfuza shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 17 sentyabrdan 18 sentyabrga o'tar kechasi soat 02.30 larda noma'lum shaxs yashash uyida turgan 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'mlik "Xonr-10" rusumli uyali telefon apparatini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Sariosiyo tumanida yashovchi, J.Eldor sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 20 sentyabr kuni J.Eldorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech