7 Oktyabr 2021 yil
396
Termizda telefon o'g'irlagan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Termiz shahrida 2021 yil 26 sentabr kuni shahar IIB huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, Termiz tumanida yashovchi, B.Gulsin joriy yil 4 avgust kuni soat 13.30 larda, shaharning "eski shahar" mahallasi hududida joylashgan, malaka oshirish o'quv xonasida turgan, Termiz shahrida yashovchi, K.Jamilaga tegishli bo'lgan 1.000.000 (bir million) so'mlik "RedMI Pro 6" rusumli telefon apparatini o'g'irlab olganligi aniqlangan. 26 sentabr kuni B.Gulsinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati