9 Noyabr 2021 yil 919

Termizda talabaning pul va telefonlari o'g'irlandi

Termiz shahrida 2021 yil 12 oktabr kuni, shaharning "Chegara" mahallasida yashovchi, shahardagi kollej talabasi, R.Kamol (ism shariflar o'zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 24 sentabr kuni uyidan 1 dona 600.000 (olti yuz ming) so'mlik "Artel" rusumli va 1 dona 500.000 (besh yuz ming) so'mlik "Samsung J-2" rusumli telefonlarini hamda 500.000 (besh yuz ming) so'm pulini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlikni, Denov tumanida yashovchi, Ch.Davron o'g'irlab ketganligi aniqlangan va ashyoviy dalil olingan. 21 oktabr kuni Ch.Davronga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech