24 Oktyabr 2024 yil
464
Termizda katta hajmli va og‘ir vaznli yuk avtomashinalarining harakati nazorat qilinmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va viloyat Avtomobil yo‘llaridan foydalanish bosh boshqarmasi hamkorligida Termiz shahridan o‘tuvchi M39 avtomobil yo‘lining 1457 kilometrida ko‘chma tarozi o‘rnatilib, avtotransport vositalarining o‘qlariga tushuvchi ruxsat etilgan og‘irligi o‘lchanmoqda.
Reyd jarayonida belgilangan me’yordan ortiq vazndagi yuk tashiyotgan transport vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.