Termizda, ichki ishlar organlari xodimlari Vatanga qasamyod qabul qilishdi
Kuni kecha, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan harbiy qism saf maydonida, ichki ishlar organlari tizimlariga qabul qilingan bir qator ichki ishlar organlari xodimlarining tantanali "ichki ishlar organlari qasamyodi" bo'lib o'tdi.
Tantanali "ichki ishlar organlari qasamyodi" tadbirida Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i o'rinbosarlari polkovnik K.Gaffarov, podpolkovnik u.O'taev, Termiz garnizoni harbiy komendanti mayor X.Ochildiev hamda Termiz garnizoni harbiy komendanti o'rinbosari mayor o.Tilovovlar ishtirok etishdi.
Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari Vatanimiz kelajagi va istiqboli uchun daxldorlik hissi bilan yashashi, yurtiga fidokorona xizmat qilishi, o'z qasamyodiga sodiq qolgan holda jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga o'z hissasini qo'shishi lozim bo'ladi.
Xalqning dardini, har bir insonni qiynyotgan va tashvishga solayotgan muammolarni birinchi navbatda kim tinglaydi? Albatta, ichki ishlar organi xodimi. Chunki najot istab, tinchlik istab, inson avvalo uning oldiga shoshadi. Ana shunday damlarda ichki ishlar organi xodimidan kuchli Sabar-toqat, mehr-oqibat, matonat, yuksak ma'naviyat talab etadi.
"O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonuniga asosan, mana shunday quvonchli va hayajonli damlarda, ichki ishlar organlari xodimlari xalqimiz va Prezidentimizga sodiq bo'lishga mardonavor ravishda qasamyod qilishdi. Aminmizki, ular zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his etib, el yurt tinchligi, osoyishtaligini himoya qilishdek, muqaddas burchni sharaf bilan ado etadilar.
Qasamyod qilgan har bir ichki ishlar organlari xodimlari, kelgusida qasamyodning muqaddas ekanligini anglagan holda, matonat, sabr-bardosh, hushyorlik bilan xizmat olib borishlari zarur bo'ladi.
Tadbirda ishtirok etgan mas'ul rahbarlar tomonidan, "ichki ishlar organlari qasamyodi"ni qabul qilar ekansiz, xalqimizga, Vatanimizga, Prezidentimizga, burchingizga sodiq qolgan holda ichki ishlar organlari xodimlarining xalq orasidagi obro'sini oshirish, qadr qimmatini ko'tarish, qonun ustuvorligini ta'minlash, odamlar ishonchini qozonish yo'lida sidqidildan xizmat qilishlari"ga ishonch bildirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati