7 Mart 2023 yil 256

Termizda "Xavfsiz hayot uchun" shiori ostida marafon bo‘lib o‘tdi

Ichki ishlar vazirining 2023 yil 28 fevral kunidagi “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostidagi marafonini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahri bo‘ylab yugurish marafoni o‘tkazildi. Ertalab soat 08:00 da start olgan marafonda viloyat hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Madaniyat va turizm boshqarmalari, mutasaddi tashkilot va idoralar vakillari, keng jamoatchilik va sportchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir o‘tkaziladigan hududlarda turli plakat va bannerlar, sharlar va bayroqlar bilan bezatilib, yo‘l-transport hodisasi oqibatida zarar ko‘rgan transport vositalari avtokarvoni ham tashkil etildi.

 Surxon sport majmuasi oldiga saf tortgan marafon ishtirokchilari finish chizig‘i sari yo‘l oldilar. Ularni xolisona baholash uchun esa viloyat sport boshqarmasining malakali hakamlar hay’ati kuzatib borishdi.

Finish chizig‘i joylashgan Termiz shahar “Bolajon” bog‘i old tomoni yo‘lning ikki tomonida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya boshqarmasi hamda boshqa kuch tuzilmalarining harbiy texnikalari saf tortdi. Ishtirokchilar finishga yetib kelishgach, g‘oliblar aniqlandi. Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi.

Unda san’atkorlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir nihoyasida marafon g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech