28 Aprel 2022 yil
371
Termizda “GM Uzbekistan” AJdan Kobalt avtoulovni navbatsiz chiqarib berishni va’da qilgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida 2022 yil 11 aprel kuni viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shaharning “Manguzar” mahallasida yashovchi, S.Suxayl (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2021 yil sentabr oyida, tanishi shaharning “Mehrabod” mahallasida yashovchi, K.Elbekning ishonchiga kirib, unga “GM Uzbekistan” AJda ishlab chiqarilayotgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini tanishlari orqali 1 oy ichida navbatsiz chiqarib berishini” va’da qilib, undan 90.000.000 (to‘qson million) so‘m pullarni olib, ushbu pullardan 7 000 000 (yetti million) so‘m pullarni qaytarib, qolgan 83.000.000 (sakson uch million) so‘m pullarni o‘zining shahsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 11 aprel kuni S.Suxaylga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati