5 Noyabr 2021 yil
507
Termizda firibgar sakkiz yuz millionni uxlatib ketdi
Termiz shahrida 2021 yil 20 oktabr kuni shahar IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shaharning "Mehrobod" mahallasida yashovchi, M.Chori (ism shariflar o'zgartirilgan) arizasida, tanishi shaharning "Mehrobod" mahallasida yashovchi, F.Vohid 2019 yil may oyida, qurilish mahsuloti etkazib berish uchun 800.000.000 (sakkiz yuz million) so'm pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 20 oktabr kuni F.Vohidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati