8 Oktyabr 2024 yil 419

Termiz tumanidagi probatsiya nazorati ostidagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan yangicha tizimda ishlash bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan yoshlarning muammolarini tinglash, taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularga ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘ktam Mustafoqulov Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida to‘xtalindi. Har bir yoshning muammolarini hal etish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Xususan, bugungi uchrashuvda ham yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularning masalalarini hal etish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, hayotda o‘z yo‘llarini topishlariga ko‘maklashish borasida mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi, shuningdek, yakunda yoshlarning bir qanchasi ishga joylashtirildi.

Text to speech