1 Aprel 2024 yil 377

Termiz tumanidagi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish orqali ularga kasb-hunar o‘rgatish maqsad qilingan.

Respublikamizda bugungi kunda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ularni kasb-hunarli qilish, muammolariga ijobiy yechim izlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Bu esa kelajakda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga xizmat qilishi bilan birga ularning kelajakda, o‘z tanlagan kasb-hunar egasi bo‘lishi, ma’naviy dunyoqarashining yuksalishiga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan hozirgi kunda har bir yosh o‘zlarini qiziqtirgan soha vakili bo‘lishi yo‘lida otaliqqa olingan.

Otaliqqa olingan yoshlar uchun turli madaniy va ma’rifiy  tadbirlar, uchrashuvlar, sayyor qabullar hamda sayohatlar uyushtirilmoqda. Buning birgina misoli sifatida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqovga Termiz tumanidagi “Nurafshon”, “Uchqizil” hamda “Yangi hayot” mahallalaridan biriktirilgan 100 nafar yoshlar uchun uchrashuv tashkil qilindi.

2024 yilning 29 mart kuni navbatdagi uchrashuv Termiz tumanining Madaniyat uyida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman IIB hamda mahalla faollari shu bilan birga tuman mehnat bandlikka ko‘maklashuvchi markazning mutaxassislari ishtirok etdi. Baxtiyor Inoqov o‘ziga biriktirilgan yoshlarni muammolarini o‘rganish maqsadida, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar Termiz tumanida joylashgan “Sulton Saodat”, “Kokildor-ota”, “Qirqiz” kabi tarixiy va madaniy maskanlarga olib borilib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, ushbu maskanda mangu qo‘gim topgan avliyolarning o‘tmish tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

So‘ngra ishtirokchilarga, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov tomonidan navbatdagi ziyorat manzili Samarqand viloyatida joylashgan tarixiy obidalarga borish rejalashtirilayotganligi ta’kidlandi.

Tashkil etilayotgan bu kabi uchrashuvlar katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning bandligini taminlash, shu orqali jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga xizmat qiladi.

Text to speech