27 Fevral 2021 yil 781

Termiz tumanidagi 3-sektor hududida obodonlashtirish ishlari

Termiz tumanidagi 3-sektor hududidagi mahallalarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, hududdagi "Orol" mahallasida joylashgan Orol ko'chasining 100 m qismi tuproq ko'cha bo'lganligi sababli ushbu yo'lga shag'al tosh to'ktirish zarur edi. Ayni kunlarda ushbu ko'chaning 50 m qismiga shag'al toshlar to'kilib, tekislash ishlari olib borildi. Shuningdek, ushbu ko'chada yashovchi 25 ta aholining yashash xonadonlarida ham obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Qolaversa, tumandagi "Yangiobod" MFYning Turkiston ko'chasi yon atrofiga ekilgan 150 dona archa daraxatlariga ishlov berilib, oqlash ishlari ham hamjihatlikda qilinmoqda.
"Gulbahor" mahallasining Yangiobod ko'chasidagi 300 m, A.Temur ko'chasida 120 m, Bo'ston va Bog'ishamol ko'chalaridagm jami 5.7 km masofaga shag'al tosh to'kilib, tekislanmoqda.
Bu kabi obodonlashtirish ishlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech