23 Dekabr 2021 yil 496

Termiz tumanida, zotdor qora mollar o'g'rilari qo'lga olindi

Termiz tumanida 2021 yil 9 dekabr kuni, tumanning "Mustaqillik" mahallasida yashovchi, F.Jonibek (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 8 dekabr kunidan 9 dekabr kuniga o'tar kechasi, tumanning "Bunyodkor" mahallasida joylashgan o'ziga tegishli bo'lgan molxonasidan 2 bosh 14 000 000 (o'n to'rt million) so'mlik qora mollarini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini, shu tumanda yashovchilar S.Sanjar va Ch.Chorshalar o'g'irlab ketganligini aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 12 dekabr kuni S.Sanjar va Ch.Chorshalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech