Termiz tumanida joylashgan “Marvarid dam olish” maskanida Termiz shahridagi 3-sektor rahbari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar va aholi o‘rtasida “Kiber madaniyatni” oshirish maqsadida targ‘ibot konsert dasturi o‘tkazildi.
Mazkur targ‘ibot
tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik
markazi, viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi, termiz shahar
Ichki ishlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilot rahbarlari o‘zlarining ma’ruzalari
bilan ishtirok etib, hozirgi kunda sodir etilayotgan kiberjinoyat turlari, sodir
etish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar va mazkur turdagi jinoyatlar qurboni bo‘lmaslik
uchun tegishli tavsiyalarni berildi.
Targ‘ibot konser dasturi
davomida, baxshilar va san’atkorlar tomonidan vatanni madx etuvchi kuy-qo‘shiqlar,
laparlar va dostonlar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilari madaniy hordiq olishlari
barobarida, tashkilotchilar tomonidan kiber madaniyat va kiber xavfsizligi qoidalari
bo‘yicha berilgan bir biridan qiziqarli savollarga to‘g‘ri javob qaytarganlarga
tashkilotchilarning sovg‘alari ulashildi.