22 Aprel 2022 yil 527

Termiz tumanida tovlamachilar tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Termiz tumanida 2022 yil 4 mart kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Angor tumanida yashovchilar, K.Shaxboz (ism shariflar o‘zgartirilgan) va S.Sherzodlarning arizasiga asosan shu yil 26 fevral kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Yangiobod” mahallasida yashovchi, J.Imona va opasi J.Ixtiyoralar, K.Shaxboz va S.Sherzodlar bilan 2022 yil fevral oyida yashash uyida jinsiy aloqa qilganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik, ularning ustidan huquqtartibot organlariga nomusga tegish bo‘yicha ariza bermaslik va 2 (ikki) dona qo‘l telefonlarini qaytarib berish evaziga 3.275.000 (uch million ikki yuz yetmish besh ming) so‘m pullarini tovlamachilik yo‘li bilan J.Imona tumanning “Yangiobod” mahallasi hududida K.Shaxboz va S.Sherzodlardan olib, 2 dona qo‘l telefonlarni qaytarib bergan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 4 mart kuni J.Imona va opasi J.Ixtiyoralarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech