28 Iyul 2022 yil 454

Termiz tumanida sodir etilgan jinoyat jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati, Termiz tumani “Bunyodkor” mahallasi hududida sodir etilgan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati yuzasidan “Termiz tuman Madaniyat uyi” binosida jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, tuman 1-sektor   rahbari,    Termiz   tuman  Hokimi Sh.Urinov, Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari B.Xidirov, tuman IIB boshlig‘i O‘.Mustafoqulov, tuman prokurori adliya kichik maslahatchisi B.Oltiboev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi raisi O.Begimqulov tuman Yoshlar agentligi boshlig‘i Z.Boqijonov, tuman Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi direktori M.Abduraimova, tuman “Bunyotkor” mahallasi raisi Z.Pardaev, tuman hokimining o‘rinbosarlari S.Nuriev, tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari J.Xojaqulov, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi katta  tergovchisi F.Choriev, tuman Imom xatibi, mahalla raislari, keng jamoatchilik vakilari, mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.

Termiz tumani “Bunyotkor”  maxallasida  yashovchi  Ch.R. tomonidan sodir etilgan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyatning kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlar keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama etilib, tuman hududida huquqbazarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayotganligi tanqid ostiga olinib, bu kabi jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish lozimligi haqida fikrlar bildirildi.

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 9 fevral kunidagi videselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga ko‘ra xaftaning har payshanba kuni o‘tkazilib kelinayotgan “Profilaktika kuni” tadbirlari manzilli olib borilmayotganligi, mahallada Prezident tashabbuslari bilan beshtalik guruhlar tashkil etilganligi, sodir etilgan jinoyatlar profilaktika isnpektorlarining vazifasi qabilida ishlayotganligini, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar, ilgari sudlanganlar  bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar o‘z natijasini  bermayotganligi, kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l quymaslik maqsadida, avvalambor jinoyat sodir etishga moyillar, ilgari sudlanganlar, spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, oilasi notinch bo‘lgan oilalarni yarashtirish choralarini ko‘rish, ishsizlarni imkoni boricha ish bilan ta’minlash, biron bir shaxs tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilayotganligi sezilganida ularga tanbeh va maslahatlar berish, har bir sodir etilayotgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan xolatlar bo‘yicha zudlik bilan huquqni muhofaza  qiluvchi  idoralarni xabardor qilishi mahallalardagi har bir fuqaroning burchi ekanligini ularning singdirib borish va amaliyotda qo‘llash zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish so‘ngida, tuman hududidagi barcha mahallalarda bu kabi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab olinib, ijroga qaratildi.

Text to speech