30 May 2022 yil 372

Termiz tumanida sodir etilgan o‘g‘irlik “issiq izi”da fosh etildi

Termiz tumanida 2022 yil 13 may kuni tumanning “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi, D.Charos (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 13 may kuni, soat 09:30 larda, tumanning “Quyoshli yurt” mahallasida joylashgan xususiy klinika bosh vrachi xonasidan 8.800.000 (sikkiz million sakkiz yuz ming) so‘m pullarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining “shaxsni portret va daktiloskopik identifikatsiya qilish bo‘limi”da mavjud bo‘lgan “avtomatlashtirilgan taqqoslash tizimi bazalari” yordamida tekshirilganda, ushbu o‘g‘irlikni, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, A.Furqat sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 15 may kuni A.Furqatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech