Termiz tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi
Joriy yilning 13 iyul kuni Termiz tumanidagi 31 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Termiz tumani “Qo‘ng‘irot” mahallasi hududida 6 iyul kunidan 7 iyul kuniga o‘tar kechasi sodir etilgan qotillik jinoyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabr kunidagi 565 sonli Qarori talablari asosida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat M.Boltaev, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Xudoyberdiea, tuman xokimi o‘rinbosari M.Rasulova, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i J.Xo‘jaqulov, tumandagi “Varroq Termiziy” nomidagi masjidi bosh imom hatibi S.Ibrigimov, tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i Z.Boqijonov, mahalla beshligi, faollari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan muhokama yig‘ilish davomida jinoyat tafsilotlari haqida to‘xtaldi, ushbu qilmishning sodir etilish sabab va omillari keng jamoatchilikka yetkazildi.
Mas’ullar tomonidan fuqarolarga oila muqaddasligi, har qanday sodir etilgan jinoiy qilmish jazosiz qolmasligi, jinoyatga jazo muqarrarligi tushuntirilib, kelgusida bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida nazoratni yanada kuchaytirish, mahalla faollari o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi alohida ta’kidlandi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati