8 Avgust 2021 yil 421

Termiz tumanida savdo do'konidan oziq-ovqat mahsulotlari o'g'irlandi

Termiz tumanida 2021 yil 23 iyul kuni, Termiz tumani Sh.Rashidov mahallasida yashovchi, tadbirkor O'.Mansur O'zbekiston Respublikasi IIVning vertual qabulxonasiga murojaat qilib, unda 22 iyul kunidan 23 iyul kuniga o'tar kechasi, tumanning Sh.Rashidov mahallasida joylashgan savdo do'konidan 5.600.000 (besh million olti yuz ming) so'mlik oziq-ovqat mahsulotlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni tumanning "Sh.Rashidov" mahallasida yashovchi, E.Javohir sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 26 iyul kuni E.Javohirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech