Termiz tumanida probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan "Xafvsiz hudud-dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbiri davomida Termiz tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhining nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida yig‘ilish hamda seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi. O‘tkazilgan yig‘ilishda qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish to‘g‘risida profilaktik suhbatlar olib borilib huquqiy tushunchalar berildi va nazorat ostidagi shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Shuningdek, “Kitobxonlik – Inson ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida seminar-trening tashkil etilib, kitob inson ma’naviyatini yuksaltirishi, uni ruhiy, axloqiy va intellektual jihatdan boyitishi, hayotga to‘liq va ijobiy qarashini shakllantirishi, o‘tkazilgan psixologik trening mashg‘uloti davomida nazorat ostidagi shaxslarga yaxshi ishlash, bilimli, o‘ziga ishongan bo‘lish hammaning ham orzusi ekanligi, aql va xotirani mashq orqali rivojlantirish mumkinligi hamda hayotidagi quvonchli va muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, kelajakda shaxs sifatida mazmunli va erkin yashash to‘g‘risida o‘z fikriga ega bo‘lishdi.