9 Avgust 2024 yil
352
Termiz tumanida Probatsiya oyligi tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga
asosan joriy yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar Respublikamiz hududida keng
qamrovli “Probatsiya oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan oylik doirasida Probatsiya
hisobida turgan shaxslarning yashash xonadonlari hamda ish joylari o‘rganilib, qayta
jinoyat sodir etmasligi yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, Probatsiya hisobiga olingan shaxslarning
bandligini ta’minlash, tadbirkorlik qilishi uchun sharoitlar yaratish borasida ham
tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.