Termiz tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Respublikamizda hamkor tashkilotlar
ishtirokida 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar “Probatsiya oyligi”
o‘tkazilmoqda. Kuni kecha ushbu oylik doirasida Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi
Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida ro‘yxatda turgan yoshlar bilan
yirik ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorning uchrashuvi
tashkil etildi.
Xususan, “Surxon keramiks” MChJ
rahbari Baxtiyor Xudoyqulov bilan ishlab chiqarish korxonasida o‘tkazilgan uchrashuvda,
yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida tavsiya va maslahatlar
berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan
hamkorlikda yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar
amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu uchrashuvda ham yoshlar ishga joylashtirildi.
Tuman hududida oylik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.