10 Aprel 2022 yil
430
Termiz tumanida oshxona mijozi yonidan giyohvand modda borligi aniqlandi
Termiz tumanida 2022 yil 24 mart kuni soat 19:40 larda, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning “Soliobod” mahallasi hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, hududdagi umumiy ovqatlanish joyida, shu tumanda yashovchi, B.Sobirning (ism sharif o‘zgartirilgan) yonidan 0,51 gr “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 26 mart kuni B.Sobirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati