Termiz tumanida nazoratsiz va qarovsiz yurgan voyaga yetmagan bolaning onasi ishtirokida muhokama yig‘ilish o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyat IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga
ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga Termiz tumanida yashovchi
voyaga yetmagan G.Mning nazoratsiz va qarovsiz yurganligi sababli joylashtirilgan.
G.M bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida qilgan ishlaridan pushaymonligi
va o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarganligi uchun uning kelgusida jinoyat sodir etmasligi
va jinoyat qurboni bo‘lishini oldini olish maqsadida, uning onasi ishtirokida Termiz
tuman bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasida yig‘ilish muhokamasi o‘tkazildi.
Muhokamada O‘zbekiston yoshlar
ishlari Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Bakijonov so‘zga chiqib voyaga yetmagan
G.Mning maktabga doimiy ravishda ta’lim olishi va uning sport to‘garagiga muntazam
ravishda qatnashishi uchun murabbiy biriktirilishi haqida fikr bildirib o‘tdi.
Shuningdek, uning oilasini yashash
sharoitini manitoring qilib borilishini tuman Xotin-qizlar faoliga biriktirildi.
Xalqimizda “bir bolaga yetti mahalla
ota-ona”- deyishganidek, bir nafar voyaga yetmagan bolaning taqdiriga davlatimiz
befarq emasligi uni doimiy nazorat qilib borishi esa bolajon xalqligidan dalolat
beridi.
Muhokama
so‘ngida G.M nazoratsiz va qarovsiz yurganligi sababli uning onasiga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasida belgilangan
talablar bo‘yicha ogohlantirilib, farzandining kelgusi taqdiriga befarq bo‘lmasligi
haqida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.